avatar
Куч
21.47
Рейтинг
+8.81

Мақолалар

Ingliz va o’zbek tillarida rasmiy va so’zlashuv uslublarining lingvistik tabiati

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Har qanday muloqot ma’lum bir ekstralingvistik sharoitda amalga oshishi hech kimga sir emas. Ammo muloqotni yuzaga chiqarish uchun asos bo’ladigan yondashuvlar yordamida amalga oshishi mumkin. Bunda eng avvalo, ekstralingvistik sharoitning tarkibiy qismlarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, muloqot sharoiti deganda quyidagilar nazarda tutiladi: gapiruvchi va tinglovchining sotsiolingvistik statusi, muloqotning amalga oshish vaqti, va joyi, muloqotdan ko’zlangan maqsad, muloqot idrok etilishining kognitiv asosi va h.k. Mazkur maqolada biz e’tiborimizni faqat bir narsaga, ya’ni, muloqot ishtirokchilarining sotsial statusi bilan bevosita aniqlanadigan ingliz va o’zbek tillaridagi rasmiy so’zlashuv uslublarining lingvistik tabiatini

Инсоннинг буюклиги нимада?

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
 
( Италян ёзувчиси Дино Буццатининг “ Олтмиш хикоя”  хикоялар тупламидан таржима)
53-хикоя.
Инсоннинг буюклиги нимада?
Соқчилар қоронғу қамоқхона  эшигини очиб миттигина,  соқолдор чолни ичкарига улоқтиришганда аллақачон кеч тушиб бўлган эди.
         Чолнинг соқоллари оппоқ ва деярли ўзидан ҳам катта эди.  Файзсиз нимқоронғу турмага хира нур таралиб турар ва у ерга қамалган бечораларда ўзига хос таассурот уйғотарди.
         Аммо, чол дастлаб коронгулигидан бундай  ғорда бошқа одамлар ҳам борлигини сезмади ва сўради:
         “ Бирор ким борми?”
Унга ҳар томондан  чинқириқлар ва мазах кулгилар билан жавоб қайтаришди. Шу тарзда танишув ҳам маҳаллий аҳолининг хулқ-атворига мос тарзда  бўлди.
“Рикардон Марчелло” деди кимдир  хириллоқ овозда “катта ўғирликдан қамалганман”.
Худди бочкадан чиқаётгандек бўғиқ иккинчи бир овоз:
“Безеда Кармело, такрорий фирибгарликдан ”.
Кейин эса:
“Марфи Лучиано, безорилик, зўравонликдан қамалганман”
“Мутлақо бегуноҳ Лаватаро Максман”.
Қаттиқ кулгидан шовқин кўтарилди.Ҳамма Лаватарони номдор, қонхўр каллакесрлардан бири сифатида билгани учун ҳазил ҳаммага ёқди. Шундан сўнг  яна:

NIKOLLO UGO FOSKOLO hayoti va ijodi tahlili

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Nikollo Ugo Foskolo italyan romantizmining ko’zga ko’ringan adiblaridan bo’lib, u 1778-yilda Gretsiyaning  Zanta orolidagi kichik bir shaharchada tug’ilgan. Uning otasi italyan, onasi esa gretsiyalik bo’lgan bo’lsada, yosh Ugo italyancha an’analar bilan tarbiya topgan. Ugo Foskolo Padueda ustoz Melkiore Chezarottidan ta’lim olgan. Chezarotti grek hamda lotin adabiyotiga qiziqgan va bu sohada  zamonaviy she’riyat bilimdoni bo’lgan. Yosh ijodkorda antik adabiyotga bo’lgan mehr ustozi sababli  uyg’ongan, u Gomerni chuqur bilgan, Plutarxning sarguzashtlarga boy tarjimai holini, Dantening “Ilohiy komediya”sini sevib o’qigan.

Ehtiyot bo’ling, multfilm…!

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

Bolalik umrning beg’ubor fasli. Hozirgi kunda bu beg’ubor faslni hech bir bola  multfilmlarsiz tasavvur qila olmaydi. Agar televizorda biror qiziqroq multfilm ko’rsatilsa, bolajonlar darhol o’sha multfilmni ko’rishga oshiqishadi. Xo’sh, bolakaylarni ekran qarshisiga mixlagan bunday multfilmlar talabga javob beradimi? Ularning mavzusi qanaqa? Ularda qanday g’oyalar yoritilayapti?  Zamonaviy ota-onalar farzandlari tarbiyasini televizorga topshirib qo’ymayaptimikan? Degan savollar tez-tez  xayolimdan o’tadi. Rostdan ham, keyingi paytlarda yosh bolalar ko’proq g’arb multfilmlarini ko’rib, ularga ko’r ko’rona taqlid qilishmoqda. Masalan, o’rgimchak odam multfilimini ko’rgan bola unga taqlid qilib devorlarga tirmashaversa yoki baland joylardan sakrayversa bu uning ham sog’ligiga, ham ruhiyatiga katta ta’sir etadi. Bunday multfilmlarni ko’rgach ularning ruhiyati ham asta sekin o’zgarib boradi, ya’ni ularda beshafqatlik, jaholatga moyillik, agressivlik, asabiylik kabi illatlar  paydo bo’la boshlaydi. Va bu illatlar ularning kelgusidagi butun hayotiga ham o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. Psixologlarning fikriga ko’ra, bola multfilmni ko’rgach uni o’z ongida tahlil qilmaydi,aksincha, unga ko’r ko’rona taqlid qiladi. Shunday ekan, yurtimiz kelajagi bo’lmish jajji avlod vakillarining televizorda nima ko’rayotgani, bu ularga qanday ta’sir qilayotgani haqida o’ylash, fikr yuritish yurtimizning har bir fuqarosi uchun farz.